Mehnat migrantlari - Bu yashash joyini tark etib, ishlash uchun migratsiyaga ketgan odamlar. Insonning millati turlicha bo‘lgani uchungina mehnatning tabiati o‘zgarmaydi. Ishchilarning huquqlari teng kafolatlanishi kerak.
※ Odamlar bizni qanday so'zlar bilan atashadi, qanday iboralar yahshi bo’larkin?
▶ Chet ellik ishchi/xodim (Koreya hukumati)
Chet ellik: boshqa davlatdan kelgan odam, bizdan tashqaridagi odam, begona ⇛ eksklyuziv ifoda
▶Mehnat migranti - mehnat muhojiri (Xalqaro mehnat tashkiloti XMT, BMT) (tegishli ifoda)
Migratsiya: Yashagan joyini tark etib, boshqa joyga ko'chib o’tish va yashash ⇛ Neytral ifoda
▶ Noqonuniy istiqomat qiluvchi ( Noto’g’ri ifoda)
Bu shaxsga "noqonuniy" so'zini biriktirish orqali salbiy imidj yaratadigan va shaxsning o'zini noqonuniy deb qabul qilish orqali noto'g'ri fikr va nafratni keltirib chiqaradigan iboradir. Inson huquqlari bo'yicha BMT, shuningdek, noqonuniy istiqomat qilish atamasidan foydalanishni o'zgartirishni ogohlantiradi.
▶ Ro’yhatga olinmagan migrant- (mos ifoda)
Noqonuniy o'rniga uni ro'yxatdan o'tmagan deb ifodalash maqsadga muvofiqdir, chunki u immigratsiya idorasida ro'yxatdan o'tmagan yoki hujjatlari bo'lmagan hujjatsiz shaxsni anglatadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMT) va Koreyaning Inson huquqlari bo'yicha milliy komissiyasi kabi xalqaro tashkilotlar ham "ro'yxatdan o'tmagan" iborasini tavsiya qiladi.